AI toolar
AI yordamida mijozlarga professional follow-up yozish prompti

Sales / Customer Success uchun AI prompt
Mijoz bilan tanishuv qo‘ng‘irog‘i yoki holatni tekshirish suhbatidan keyin aniq va foydali follow-up yozish kerak bo‘lsa, shu promptdan foydalaning.
Prompt:
Senior sales/customer success operator sifatida ish tut. Men qo‘ng‘iroq qaydlarimni foydali follow-up xabarga aylantirmoqchiman. Kontekst: - Mijoz/kompaniya: [nomini yozing] - Qo‘ng‘iroq maqsadi: [demo / shartnomani yangilash / qo‘shimcha sotuv / muammoni hal qilish] - Muhokama qilingan asosiy mavzular: [qaydlarni joylang] - Mijoz aytgan og‘riqli nuqtalar: [yozing] - Keyingi qadam: [agar bor bo‘lsa] Vazifang: 1. Qo‘ng‘iroqdan keyingi eng muhim 3 ta xulosani ajrat. 2. Mijozga yuborish uchun qisqa, professional follow-up xabar yoz. 3. Xabarda keyingi qadamni aniq ko‘rsat. 4. Agar mijozda e’tiroz bo‘lishi mumkin bo‘lsa, uni yumshoq tarzda oldindan yop. 5. Ichki jamoa uchun alohida vazifalar ro‘yxatini tuz. Javobni quyidagi formatda ber: - Mijozga follow-up - Ichki vazifalar - Risklar / ochiq savollar Ohang: professional, aniq, bosimsiz.
Qanday ishlatish kerak:
Qo‘ng‘iroqdan keyin qaydlarni joylang. Agar imkon bo‘lsa, qo‘ng‘iroq audiosi yoki transcriptni ham yuklang — AI follow-up’ni ancha aniqroq yozadi.
Diqqat:
Mijozning maxfiy ma’lumotlarini joylashdan oldin olib tashlang.
Manba: Nuruddin – AI Ekspert
AI #ChatGPT #Sales #CustomerSuccess #AIPrompt #AIBugun
