Yangiliklar

OpenAI endi basketbol ham sotmoqda

OpenAI shu hafta nafaqat o‘zining ilk qurilmasi bo‘lgan 230 dollarlik mini klaviaturasini taqdim etdi, balki kutilmagan yana bir mahsulotni ham sotuvga chiqardi: ChatGPT basketbol to‘pi.

Kompaniya bu mahsulotni “Pause. Play. Prompt.” kampaniyasining bir qismi deb atamoqda. OpenAI’ga ko‘ra, basketbol “ijod faqat ekran ortida yashamasligini eslatib turuvchi jismoniy ramz” hisoblanadi.

To‘pning narxi esa 70 dollar.

U 100% rezinadan tayyorlangan bo‘lib, asosan ochiq maydonlarda o‘ynash uchun mo‘ljallangan. Professional basketbol to‘plaridagi qimmatbaho charm o‘rniga, OpenAI oddiyroq va amaliy variantni tanlagan.

Biroq internet foydalanuvchilari bitta savolni bermoqda:

“ChatGPT basketbolini kim sotib oladi?”

Texnologiya ixlosmandlari uchun qiziqarli suvenir bo‘lishi mumkin, ammo oddiy basketbol maydonchasiga ChatGPT logotipi tushirilgan to‘p bilan chiqish biroz… jasorat talab qiladi.

Bundan tashqari, OpenAI “Good research takes time” yozuvli futbolkalar va 175 dollarlik “research” sviterlarini ham sotishni boshladi.

Bir paytlar dasturiy ta’minot yaratgan kompaniyalar endi kiyim-kechak va sport anjomlari sotmoqda. Sun’iy intellekt poygasi tobora qiziq tus olmoqda.

Siz 70 dollarga ChatGPT basketbolini sotib olarmidingiz?

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Yuqori tugmachaga qaytish